
Bektemir Meliqo‘ziev ishtirokidagi jang ikkinchi raundda yakunlandi
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziev (9-1, 7 KO) Toshkent vaqti bilan 20 mart tongida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi perulik Devid Segarraga (34-8, 21 KO) qarshi jang qildi. Ikkinchi raundda Bektemir raqibining tanasiga kuchli zarba yo‘lladi, natijada perulik charm qo‘lqop ustasi o‘rnida tura olmadi va texnik nokaut qayd etildi.
Shu tariqa Meliqo‘ziev professional boksdagi 9-g‘alabasini nishonladi.
Fikrlar