"Bayer" jamoa yarim himoyachisiga narx belgiladi

  • 25 iyun, 17:15
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" klubi yarim himoyachisi Granit Jaka Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Janluka di Martsio ma’lum qilmoqda.

Jurnalistning aytishicha, "farmatsevtlar" 32 yoshli shveytsariyalik yarim himoyachi uchun taxminan o‘n million evro taklif qilinsa, uni qo‘yib yuborishga rozi. Xavbekni "Milan" o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti.

Jaka Germaniya Bundesligasining o‘tgan mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha davom etadi. Granitning transfer qiymati 12 million evroga baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!