"Bavariya"ning muhim futbolchisi safdan chiqdi

  • 23 avgust, 2023, 21:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" matbuot xizmati yarim himoyachi Jamal Musiala jarohat olgani haqida xabar berdi. 

Futbolchiga chap son suyagi shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, himoyachi Benjamin Pavar ham betobligi sabab Myunxen klubi mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmagan. 

Bundan tashqari, yozgi transferlar oynasida "Borussiya Dortmund"dan kelib qo‘shilgan Rafael Gerreyru ham jarohatdan tiklanishni davom ettirmoqda. 

Ma’lumot uchun, 27 avgust kuni "Bavariya"ni Bundesliga doirasida "Augusburg"ga qarshi bahs kutib turibdi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!