
“Bavariya“ning 3 futbolchisiga o‘lim bilan tahdid qilishdi
“Bavariya“ futbolchilari Robert Levandovski, Manuel Noyer va Serj Gnabri uchun o‘lim bilan tahdid qilingan maktub qoldirildi. Bu haqda “Bild“ nashri xabar bermoqda.
“Ligani asrang, futbolni asrang. “Bavariya“ning yoqimsiz cho‘chqalarini Germaniyadan yo‘qoting, ularga o‘lim“, - deya yozib qoldirilgan o‘sha xatda.
Politsiya bu noma kim tomonidan yozilgani borasida tergov-surishtiruv ishlari olib bormoqda. Hozirda uchala futbolchining ham hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda.
Fikrlar