“Bavariya” yulduzining tulpori Olimpiadada chempion bo‘ldi (foto)

  • 7 avgust, 2024, 23:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlari “Bavariya” yulduzi Tomas Myullerning ham xotirasida bir umrga saqlanib qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumki, Tomas Myuller va uning rafiqasi oilaviy ot biznesi bilan shug‘ullanadi.

Myullerlar egalik qiluvchi “Cheker” laqabli tulporda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan germaniyalik chavandoz Kristian Kukuk individual konkur bahslarida eng yuqori natija bilan chempionlikka sazovor bo‘ldi.

O‘zi uchun muvaffaqiyatli o‘tgan musobaqadan keyin olimpiya chempioni Kristian Kukuk mashg‘ur futbolchiga otini ishonib unga bergani uchun katta minnatdorlik bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!