
"Bavariya" yana Tuxel haqida o‘ylay boshladi
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yana “Bavariya”ning diqqat markaziga tushdi.
RMC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar 49 yoshli germaniyalik mutaxassisning Parijdagi vaziyatini diqqat bilan kuzatishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Tuxel boshqaruvidagi jamoa bu mavsum EChLda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan tashqari Frantsiya kubogi va Frantsiya liga kubogini ham qo‘lga kirita olmadi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Tuxelga o‘tgan yili ham taklif bilan murojaat qilgan edi. Biroq, u yakunda PSJni tanladi.
Fikrlar