
“Bavariya” yana bir yulduzidan ayrildi
Universal himoyachi David Alaba “Real”ga o‘tib ketganidan keyin “Bavariya” rahbariyati yana bir iste’dodli yulduzidan ayrilishga yaqin turibdi.
Jamoaning etakchi yarim himoyachilaridan Kingsli Koman Angliya premer-ligasiga o‘tib ketishga harakat qilmoqda.
Frantsiyalik futbolchi “Bavariya”dagi moliyaviy ahvolidan norozi bo‘lmoqda va klub xo‘jayinlaridan Leroy Saneniki singari shartnoma berilishini talab qilyapti.
Myunxenliklar esa, o‘z odatiga binoan, hech qaysi futbolchining talabini qondirmaydi. Shu bois, Kingsli Alaba ortidan boshqa klubga o‘tishga urinyapti.
Ayni paytda Komanga “Manchester Yunayted” va “Chelsi”dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar