"Bavariya" Xaverts uchun o‘z futbolchisini transferga qo‘ymoqchi

  • 26 iyun, 2020, 16:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yozda yarim himoyachi Tyago Alkantarani transferga qo‘ymoqchiligi haqida xabar berib o‘tgan edik.

Tecno

Kicker nashri myunxenliklar ispaniyalik futbolchini "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavertsni qo‘lga kiritish uchun sotib yubormoqchiligini xabar qilmoqda.

Alkantara xizmatlariga APL klublari qiziqish bildirmoqda. Uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Bundesligada 29 o‘yinda 12 gol va 6 golli uzatma bergan Xavertsning tovon puli esa 80 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!