"Bavariya" ustozi Germaniya futbolida "Yil odami" bo‘ldi
Germaniyaning mashhur Kicker nashri "Bavariya" ustozi Xansi Flikni nemis futbolining “Yil odami”, deb topdi.
Aytish kerakki, Flik o‘tgan mavsum myunxenliklar bilan yutish mumkin bo‘lgan barcha musobaqalarda g‘alaba qozondi. Bundesliga, Germaniya kubogi va Superkubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi shular jumlasidandir.
“Bavariya” fevral oyida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.



Fikrlar