"Bavariya" taslim bo‘lganini ma’lum qildi

  • 18 iyun, 2020, 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Bavariya" rahbariyati "Bayer" xavbeki Kay Xaverts uchun kurashdan chiqishga qaror qildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, myunxenliklar Xaverts uchun “dorishunoslar” talab qilayotgan 100 million evroni to‘lashga tayyor emas.

"Bavariya" bu yoz "Manchester Siti" vingeri Leroy Saneni sotib oladi. Agar Xaverts hech qaerga ketmasa va "Bayer"da qolsa, nemis grandi uni bir yildan so‘ng qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

Ammo, Xavertsga "Manchester Yunayted", "Real" va "Chelsi" kabi klublar xaridor bo‘layotganini inobatga olsak, uning Bundesligada qolmasligi haqiqatga yaqinroq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!