
"Bavariya" taqdirga tan berdi
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis katta ehtimol bilan nemis klubini erkin agent sifatida tark etadi.
Insayder Kristian Falk xabar berishicha, Devis "Real"ga o‘tish orzusida. Shu sababli, kanadalik futbolchi klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazmayapti. Yiliga 20 million evro maosh to‘lashni xohlamayotgan Myunxen klubi ham Alfonsoni ketishiga qarshi emas.
Qanot himoyachisiga "Real"dan tashqari "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Devisning shartnomasi shu mavsumda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar