"Bavariya" Keynni sotib olmaydigan bo‘ldi. Sababi ham ma’lum

  • 4 may, 2023, 17:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Harri Keynning transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda "Sportbild" nashri ma’lum qildi.

Tecno

Nemis klubi britaniyalikning yoshi va xorijda o‘ynash tajribasi yo‘qligi sababli moslashishda muammolar bo‘lishi mumkinligidan xavotirda. Keyn butun faoliyatini Angliya premer-ligasida o‘tkazdi.

Avvalroq, Xarrining transferiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

29 yoshli hujumchi joriy mavsumda APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol (4 tasi penaltidan) va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!