
“Bavariya” futbolchisini sotishga rozi bo‘ldi
"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavarni yozda sotishga tayyor, deb yozadi “Sky Germany” nashri.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga "Atletiko", "Yuventus" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. Turinliklar gollandiyalik Matteys de Ligtni sotmoqchi. Shu bois, “keksa sinora” yangi himoyachiga muhtoj.
Shuningdek, yangi mavsum oldidan ko‘plab etakchilaridan ayrilgan Londonning “Chelsi” klubi ham Benjaminni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
O‘tgan mavsumda futbolchi “Bavariya”ning barcha musobaqalar doirasidagi 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
26 yoshli himoyachi 2019 yilning yozida “Shtutgart”ni “nemis mashinasi”ga almashtirgan edi. Futbolchining transfer narxi 30 million evroni tashkil qiladi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar