"Bavariya" etakchlaridan biri qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 12 iyun, 2020, 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara bir necha haftani davolanish bilan o‘tkazib yuboradi. Bu haqda myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik aytib o‘tdi.

Tecno

“Alkantara jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. U endi 3 haftani o‘tkazib yuboradi. Biz bu operatsiyani hozir amalga oshirishga qaror qildik. U kubok finaligacha safga qaytishi mumkin”, - deydi Flik.

Germaniya kubogi finali 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda “Bavariya” “Bayer”ga qarshi bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!