"Bavariya" EChLda noyob rekord o‘rnatdi

  • 12 dekabr, 2019, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi turida “Bavariya” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Coral nashrining xabar berishicha myunxenliklar shu tariqa EChL guruh bosqichining barcha 6 ta bahsida g‘alaba qozongan ilk nemis klubi bo‘lishdi.

Ta’kidlash kerakki, bunday natijani boshqa chempionat ishtirokchilaridan "Milan" (1992/93), PSJ (1994/95), "Spartak" (1995/96), "Barselona" (2002/03) va "Real" (2011/12 va 2014/15) uddalagan xolos.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" guruhda "Tottenxem"dan tashqari, "Olimpiakos" va "Tsrvena Zvezda" klublari ham bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!