"Bavariya" Devisga narx belgiladi

  • 7 iyun, 2023, 14:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" chap qanot himoyachisi Alfonso Devis uchun narx belgiladi. Insayder Manuel Bonkening so‘zlariga ko‘ra, Tomas Tuxel jamoasi kanadalik futbolchini 100 million evrolik taklif olgan taqdirdagina sotish masalasini ko‘rib chiqadi.

Tecno

Avvalroq Devisga Madridning "Real" klubi  jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi."Qirollik klubi" transferga Ferland Mendini ham qo‘shmoqchi.

22 yoshli mudofaa vakili Bundesliganing so‘nggi mavsumida bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!