
"Bavariya" "Barselona" futbolchisiga 120 million sarflamoqchi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Barselona"ning futbolchilaridan biriga ko‘z tikdi. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, Germaniya chempioni yarim himoyachi Pedriga qiziqish bildirmoqda.
Myunxenliklar ispaniyalik yarim himoyachini keyingi mavsum sotib olishni rejalashtirmoqda. Iqtidorli yarim himoyachining transferi uchun "Bavariya" o‘z tarixida rekord darajadagi taklif bilan chiqishga tayyor. Klub uning uchun 120 million evro taklif qilmoqchi.
20 yoshli Pedri "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yil iyun oyi oxirigacha hisoblanadi.
Fikrlar