
"Bavariya" afsonasi: Jamoadan yoki Flik ketadi, yoki...
"Bavariya" afsonasi Lotar Matteus jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik hamda sport direktori Xasan Salixamijich o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” rahbariyati himoyachi Jerom Boatengni tarkibda saqlab qolishni xohlamadi va bu holat Flikning noroziligiga sabab bo‘ldi.
“Flikning "Bavariya"dagi kelajagi so‘roq ostida. Mavsum oxirida uning klubda qolishi haqiqatga yaqin emas. Bu vaziyatda Flik yoki Salixamijichdan biri jamoani tark etadi, deb o‘ylayman. Men endi ular hamkorlikni davom ettirishlariga ishonmayman”, - dedi Matteus.
56 yoshli Flik "Bavariya"ni 2019 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Germaniya chempioni va kubogida zafar quchdi, Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi.
Fikrlar