"Barselona"ning yarim himoyachi bo‘yicha qarori o‘zgardi

  • 3 yanvar, 15:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Franki de Yong "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirish masalasini yana muhokama qilmoqchi. Shu bilan birga, "blaugrana"da jamoaning eng yuqori maosh oluvchi o‘yinchilaridan biri hisoblangan de Yongning ish haqini sezilarli darajada kamaytirishi kerakligi ta’kidlanmoqda.

La Liganing joriy mavsumida niderlandiyalik futbolchi 8 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, xavbekning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!