"Barselona"ning sudga "tish"i o‘tmadi

  • 24 dekabr, 2022, 11:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining diskvalifikatsiyasi bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartira olmadi.

Tecno

Sport bo‘yicha ma’muriy sud (TAD) kataloniyaliklarning bergan shikoyatini rad etdi, deb xabar bermoqda COPE. Robert La Liga doirasidagi uch o‘yinga chetlatilgan.

Bu "ko‘k-anorranglilar"ning ushbu masala bo‘yicha ikkinchi murojaati bo‘ldi. Birinchisi apellyatsiya komissiyasi tomonidan rad etilgan. Oldinroq tartib-intizom qo‘mitasi Levandovskini "Osasuna"ga (2:1) qarshi o‘yindagi xatti-harakati uchun ligadagi uch uchrashuvga diskvalifikaciya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.

Hujumchi birinchi bo‘limda maydondan chetlatildi, keyin esa tribunaga chiqib, hakamga nisbatan haqoratli ishoralarni ko‘rsatdi. Shu tariqa, Levandovski endi La Liga doirasida "Espanol", "Atletiko Madrid" va "Betis"ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!