"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rafinyani tanqid qildi

  • 27 mart, 17:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq futbolchisi Rivaldo hamyurti Rafinyani "JCh-2026" saralash bosqichida Argentina va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan aytgan so‘zlari uchun tanqid qildi. "" 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.

- Rafinya ajoyib mavsum o‘tkazmoqda, uni dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri deyish mumkin. Biroq, u raqibni engishini aytib, bunday bayonotlar berishi to‘g‘ri emas. Rafinya og‘ir o‘yin bo‘lishini aytishi mumkin edi. U balandparvoz gaplar bilan chiqdi-yu, maydonda hech narsa qila olmadi, - deya Rivaldoning so‘zlarini keltirdi "TNT Sports" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Argentina Janubiy Amerika mintaqasidan birinchi bo‘lib 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!