"Barselona"ning klub maslahatchisi: "Negreyra ishi" orqali bizga ta’sir o‘tkazishga urindilar, lekin bu amalga oshmadi"

  • 15 may, 14:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta maslahatchisi Enrik Masip Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi yuzasidan fikr bildirdi.

Tecno

– Tarixan Ispaniya sudyalar qo‘mitasi a’zolari "Real" muxlislaridan iborat bo‘lgan. Ular "Negreyra ishi" orqali bizga putur etkazishga urindilar, lekin buning iloji bo‘lmadi.

Negreyra hech qanday natijaga yoki tayinlovga ta’sir ko‘rsatmagan. Buni hech kimga isbotlash shart emas – hatto "Real"dagilar ham bunday ta’sir bo‘lmaganini tan olishadi, – deya ta’rif berib o‘tdi klub maslahatchisi.

Eslatib o‘tamiz, 2001–2018 yillar oralig‘ida "Barselona" tomonidan Ispaniya futbol federatsiyasi huzuridagi texnik qo‘mitaning sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 7,7 million evro to‘langani ma’lum bo‘lgan. Sud bu to‘lovlarni korruptsion harakat deb baholagan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!