
"Barselona"ning ikki futbolchisi "Nyukasl" nishonida
Angliyaning "Nyukasl" jamoasi Saudiya Arabistoni sarmoyadorlari qo‘liga o‘tganidan so‘ng transfer bozorida asosiy figuraga aylandi.
"Qarg‘alar" qishda "Barselona"ning ikki o‘yinchisi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Gap Filippe Koutino va Samyuel Umtiti haqida ketmoqda. Ingliz klubi yanvar oyida bu futbolchilar uchun kataloniyaliklarga 40 million evro berishga tayyor.
"Ko‘k-anorranglilar" bu taklifga rozi bo‘lishi ehtimoli katta. Sababi, klub ancha vaqtdan buyon bu futbolchilar bilan xayrlashish kayfiyatida yuribdi.
Qayd etish joiz, kecha "Nyukasl" qishki transferlar oynasi uchun 223 million evro ajratgani borasida xabarlar tarqaldi.
Fikrlar