
"Barselona"ning ikki futbolchisi mavsum startini o‘tkazib yuboradi
"Barselona"ning ikki futbolchisi jarohati sabab mavsum startini o‘tkazib yuboradi.
Xabarlarga qaraganda, argentinalik hujumchi Serxio Aguero oyog‘ini qayirib olgan. Uning sog‘ayishi uchun taxminan 3-4 hafta vaqt talab etilishi aytilmoqda.
Frantsiyalik himoyachi Kleman Langlening tizzasi shikastlangan. Shifokorlar uni 2 haftadan so‘ng safga qaytishini taxmin qilishmoqda.
“Barselona” mavsumning ilk uchrashuvini 15 avgust kuni o‘z maydonida “Real Sosedad”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar