"Barselona"ning bo‘lajak a’zosi Gollandiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 17 may, 2019, 17:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Gollandiya chempionatining yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum jamoasining 34-marta Gollandiya chempioni bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shdi. U o‘tgan mavsum chempionatda 31ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasi 3ta gol urdi. Yarim himoyachining to‘p uzatishlardagi o‘rtacha aniqligi 91,2 foizni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, de Yong yozda “Barselona”ga ko‘chib o‘tadi. Kataloniyaliklar uning transferi uchun 75 mln evro to‘lashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!