"Barselona"ga Portugaliya terma jamoasi a’zosi kelmoqda

  • 28 may, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va “Vulverxemton” klubi yarim himoyachisi Ruben Nevesh "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Kataloniya klubi 26 yoshli futbolchi uchun "bo‘rilar"ga 30 million evro to‘lashga rozi bo‘lishgan. Bundan tashqari, "Barselona" ushbu shartnomaga yarim himoyachisi Ansu Fatini qo‘shib berishga ham rozi bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda AS nashri A Bola nashriga tayanib.

Yuqoridagi manbalarga ko‘ra, Neveshning transferi yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda. Ruben mavsum oxirida "Barsa"ni tark etadigan Serxi Busketsning o‘rnini egallaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!