"Barselona"da vaziyat yaxshi emas. Murabbiy futbolchilar bilan keskin munosabatdami?

  • 9 dekabr, 2024, 15:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Betis" bilan durangdan so‘ng futbolchilariga g‘azab bilan murojaat qildi.

Tecno

"AS" nashrining xabar berishicha, murabbiy kiyinish xonasida keskin so‘zlar bilan jamoaga murojaat qilgan: "Biz yuz foiz kuch bilan o‘ynamas ekanmiz g‘alaba qozona olmaymiz."

Shuningdek, Flik o‘yinchilarni vaziyatni iloji boricha tezroq o‘zgartirishga undadi.

Ta’kidlanishicha, futbolchilar o‘yindan so‘ng ruhan tushkunlikka tushishgan. Bu holat "Real"ning "Jirona" ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng yanada kuchaydi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" 17 o‘yinda 38 ochko to‘plab, La Ligada peshqadamlik qilmoqda. "Real" 2 ochko orqada, "Atletiko" esa 16 o‘yinda 35 ochkoga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!