“Barselona”cha rekord!

  • 25 oktabr, 2022, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya chempionatining 11-turida “Atletik” bilan bo‘lgan o‘yindan keyin rekordchiga aylandi.

Tecno

Bu bahsda kataloniyaliklar bilbaoliklarni 4:0 hisobida engdi. O‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan germaniyalik posbon mavsum startidagi quruq seriyalar bo‘yicha chempionat rekordini o‘rnatdi.

Ter Shtegen chempionatning o‘n bitta o‘yinidan to‘qqiztasida o‘z darvozasidan gol o‘ztkazib yubormagan. Avval bunday ko‘rsatkichni birorta golkiper qayd etmagan edi.

30 yoshli darvozabon La Ligada atigi to‘rtta gol o‘tkazdi xolos. Umumiy hisobda Mark-Andre klublar miqyosida jami 541 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 531 ta to‘p olib chiqqan va 215 ta bellashuvda “quruq” o‘yin o‘tkazdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!