“Barselona” zo‘r hujumchi qidiryapti. Levandovski varianti ishonchni oqlamadi

  • 7 yanvar, 2024, 18:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi ketganidan buyon “Barselona” mavsum davomida muntazam ko‘p gol ura oladigan hujumchi topa olmayapti. “Bavariya”da xuddi shu ishni bajarilib kelgan  Robert Levandovski Kataloniya klubiga ana shu maqsadda taklif etilgan edi.

Tecno

Biroq 35 yoshli futbolchi Bundesligada qayd etgan samaradorligini Ispaniya chempionatida ko‘rsata olmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” sport direktori Deku Levandovskining o‘rniga sermahsul hujumchi qidiryapti.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, Deku yangi hujumchi transferini shoshilinch tarzda amalga oshirmoqchi emas. U nomzodlarni har tomonlama to‘liq o‘rganib chiqqanidan keyin muzokaraga kirishadi.

Deku hujumchi transferini yozga rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!