
“Barselona” yulduzi bilan muzokara qilyapti
“Barselona” rahbariyati jamoaning etakchi himoyachilaridan hisoblangan Serxi Roberto bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Kataloniyaliklar tajribali himoyachiga amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirib, 2024 yilning yozigacha hamkorlik qilmoqchi. Ayni paytda bitimning moliyaviy tomonlari sir tutilmoqda.
Robertoni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola ham o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi va klub xo‘jayinlaridan yozda ushbu himoyachini sotib olishni so‘rayapti.
29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda atigi 15 ta uchrashuvda qatnashdi xolos va shu bois boshqa jamoaga etib ketishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar