
“Barselona” yozda amalga oshiradigan supertransferlar ro‘yxati oshkor bo‘ldi
“Barselona” chempionlik uchun kurashda qudratli raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsatish uchun tarkibini kuchaytirishga intilmoqda.
Jurnalist Adrian Sanchesning yozishicha, kataloniyaliklar yozda amalga oshiriladigan transferlar ro‘yxatini aniqlashtirib oldi.
Unga ko‘ra, Joan Laporta yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flikka uchta kuchli ijrochini olib bermoqchi. Bular Evropa chempionati finalida gol urgan “Atletik” hujumkor futbolchisi Niko Uilyams, “Real Sosedad” vakili Mikel Merino hamda “Leyptsig” yarim himoyachisi Daniel Olmodir.
Ispan matbuoti klub sport direktori Deku ro‘yxatdagilar orasidan Olmo va Uilyams bilan muzokaralarga kirishganini yozmoqda.
Fikrlar