"Barselona" yarim himoyaga braziliyalik futbolchini olib keladi

  • 10 mart, 15:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesh faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchini Kataloniyaning "Barselona" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti. "Ko‘k-anorranglilar" braziliyalik o‘yinchini jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan niderlandiyalik Frenki de Yongning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda.

Gimaraeshning transfer qiymati 80 million evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Angliya premer-ligasining joriy mavsumida yarim himoyachi 27 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!