
"Barselona" yarim himoyachisi Evropadan ketyapti
"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
22 yoshli ispaniyalik o‘yini MLS klubi bilan 3 yillik shartnoma borasida muzokaralarga erishish arafasida.
Qayd etish lozim, "ko‘k-anorranglilar" o‘z o‘yinchisini tekinga qo‘yib yubormoqda. Kataloniya jamoasi uning keyingi sotuvidan ma’lum miqdorda ulush oladi.
Qayd etish lozim, 22 yoshli yarim himoyachining transfermarkt portalidagi bahosi 7 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar