
"Barselona" yana bir umidli yulduzni o‘z safiga qo‘shib olish arafasida!
Shvetsiyaning "Yurgorden" klubi 17 yoshli yarim himoyachisi Lukas Bergvall Ispaniya chempionatiga o‘tmoqda. Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, futbolchining yangi jamoasi Kataloniyaning "Barselona"si bo‘ladi.
Bugun, 31-yanvar kuni futbolchining vakillari kelishuvni yakunlash uchun "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati bilan uchrashadi. Bergvallning transferi "Barselona"ga taxminan 7 million evroga tushadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda tsvetsiyalik yarim himoyachi 26 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.
Fikrlar