
"Barselona" ustozi: Suaresning yo‘qligi bu katta muammo, chunki...
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten jamoaning jarohat olib 4 oyga safdan chiqqan hujumchisi Luis Suares haqida gapirib o‘tdi.
“Suaresning yo‘qligi bu katta muammo, chunki u dunyodagi eng zo‘r hujumchilardan biri. Uning yo‘qligiga moslashish biz uchun qiyin bo‘ladi. Ammo, biz ushbu kamchilikni maksimal darajada sezdirmaslikka harakat qilamiz”, - deydi Kike.
Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barselona” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar