
"Barselona" transferlar oynasining so‘ngi kunida hujumchi sotib olishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi Angliyaning "Manchester Yunayted" hujumchisi Entoni Elangani o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.
"Barselona" qishki transfer oynasining so‘nggi kunida o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Kataloniyaliklar hozirgi moliyaviy vaziyat tufayli o‘yinchilarni sotib olmaydi. Shuning uchun, ular ijara variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
"ESPN" nashri xabariga ko‘ra, ispan grandi "Manchester Yunayted" hujumchisi Entoni Elangani ijaraga olmoqchi. Oldinroq, "qizil iblislar" 20 yoshli shvetsiyalik futbolchisi uchun ko‘plab ijara takliflari olgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Elanga 2022/2023 yilgi mavsumda manchesterliklar safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar