"Barselona" ter Shtegen bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qildi

  • 29 iyul, 17:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘zining rasmiy saytida bayonot e’lon qildi. Bu bayonot darvozabon Mark-Andre ter Shtegenga taalluqli bo‘lib, u mavsumoldi tayyorgarligining boshida bel sohasida og‘riq sezgan.

Tecno

"Barselona" bayonotida ma’lum qilinishicha, 33 yoshli ter Shtegen Bordo shahrida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotidan o‘tgan. Germaniyalik futbolchining tiklanish muddati aniq ko‘rsatilmagan - bu jarayonning qanday kechishiga bog‘liq bo‘ladi.

Avvalroq, jarrohlik amaliyotidan oldin ter Shtegen o‘zining tiklanishi taxminan uch oy davom etishini aytgan edi.

Yozgi mavsumda Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Xans-Diter Flik nemis futbolchisini asosiy darvozabon sifatida ko‘rmayotganligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!