
“Barselona” tarkibini osiyolik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi
Evropaning eng kuchli ligalari klublari Osiyo futboli vakillariga e’tibor qarata boshladi. Xususan, “Barselona” rahbariyati “Bolonya” tarkibida barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan yaponiyalik Takexiro Tomiyasuning transferi bo‘yicha ish boshladi.
Kataloniyaliklar “Manchester Siti”dan Erik Garsiyani transfer qila olmayotgani bois, e’tiborini yaponiyalik markaziy himoyachiga qaratdi. 21 yoshli Tomiyasuni olish uchun kataloniyaliklar qishki transferlar vaqtida rasmiy so‘rov yubormoqchi.
A Seriyada ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan Tomiyasu “Balonya” safida 33 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini bir marta ishg‘ol qildi va uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar