
"Barselona" so‘nggi 7 mavsumdagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriyasini o‘tkazmoqda
Kataloniyaning mashhur klubi 2025 yilda haligacha biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barsa" bu yil 20 ta o‘yinda g‘alaba qozondi va 4 marta durang qayd etdi.
So‘nggi bor "Barselona" shunchalik uzoq mag‘lubiyatsiz seriyani 2017/18 mavsumida qayd etgan edi. O‘shanda Ernesto Valverde boshqaruvidagi jamoa 23 marta g‘alaba qozongan va 6 marta durang o‘ynagan edi.
"Ko‘k-anorranglilar"ning so‘nggi o‘yini va EChLdagi muhim bellashuv
Kecha katalonliklar La Liganing 31-turida "Leganes"ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi. Bu natija jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasini yanada uzaytirdi.
15 aprel kuni esa "Barselona" Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar