
"Barselona" sobiq futbolchisi Vinisiusga maslahat berdi
Rivaldo Vinisiusning hozirgi muammolari haqida gapirdi.
"Vinisius deyarli "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan va FIFA talqiniga ko‘ra eng yaxshi bo‘lgandi ham. Shundan so‘ng uning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Demak, u doim diqqat markazida.
Agar u yomon davrni boshdan o‘tkazayotgan bo‘lsa, tanqidlar bo‘lishi odatiy holdir. "Arsenal"ga qarshi uchrashuv uning hamon tirikligini, o‘tgan mavsumdagi kabi futbolchi ekanligi isbotlash va muhim qadamlarni tashlash uchun imkoniyat", - dedi "Barselona" sobiq futbolchisi.
"Real" 16 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finalining javob bahsida "Arsenal"ni qabul qiladi. Birinchi bahs londonliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Fikrlar