
"Barselona" Roberto bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin
Kataloniyaning "Barselona" klubi asl pozitsiyasi o‘ng qanot himoyachisi bo‘lgan Serxi Roberto bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, kelishuv yakuniy bosqichda.
Roberto 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi. Serxining yangi maoshi asosan o‘yin bonuslariga bog‘liq bo‘ladi.
Joriy mavsumda Roberto Ispaniya chempionatida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol uishga erishdi. Futbolchi 2011 yilda "Barselona"ning asosiy jamoasida debyut qilgan va o‘shandan buyon Kataloniyada o‘ynab kelmoqda.
Fikrlar