"Barselona" Reshford uchun MYuga qancha taklif qilmoqchi?

  • 16 aprel, 2019, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi hamon "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordning transferi borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 21 yoshli angliyalik futbolchi uchun “qizil iblislar”ga 115 mln evro taklif qilishni rejalashtirishmoqda. O‘z navbatida MYu esa futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum mankuanliklar safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!