
"Barselona" rahbariyati APLdan hujumchi olib keladi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta va Kataloniya klubi sport direktori Deku "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakni o‘z jamoasiga qo‘shib olish uchun dastlabki harakatlarni boshladi. Bu haqda "Sport" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida "Barselona" va Isakning agenti o‘rtasida yagona uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda Ispaniya grandi shvetsiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatini bildirgan.
Deku ushbu transferni amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlarni olib borishini ta’kidlagan. Biroq, "Barselona" Isakni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun mablag‘ ajratish maqsadida hozirgi futbolchilardan ba’zilarini sotishi kerak. Klub yarim himoyachi Dani Olmo bilan bog‘liq vaziyat takrorlanishini istamayapti, sababi uning ro‘yxatdan o‘tkazilishida qiyinchiliklar yuzaga kelgan edi.
Fikrlar