
"Barselona" qarzini to‘lashi kerak
"Barselona" yarim himoyachi Filippe Koutinoning transferi bo‘yicha "Liverpul" oldidagi majburiyatini to‘laqonli bajarib ulgurmadi.
Klub moliyaviy hisobotida "ko‘k anor-ranglilar" braziliyalik futbolchi uchun mersisaydliklarga 29,254 million evro to‘lashi kerakligi qayd etilgan.
"Barsa" Koutinoni 2018 yilda 120+40 million evro evaziga xarid qilgan va 2023 yilgacha shartnoma imzolagan edi.
Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi "Barselona" safida La Liga bahslarida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Fikrlar