"Barselona" PSJ to‘sig‘idan faqat bir yo‘l bilan o‘tishi mumkin

  • 9 mart, 2021, 19:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman ertaga PSJga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final javob bahsidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning “Kamp Nou”da kechgan dastlabki bahsida 1:4 hisobida parijliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

“Agar Leo o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini namoyish eta olsa, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. U istalgan vaqtda har qanday uchrashuv natijasini hal qila oladi. Ammo undan tashqari butun jamoa ham eng yaxshi holatda bo‘lishi kerak.

Uyda boy berilgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin bizning uzoqqa borishimiz qiyin bo‘ladi. Ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Biz o‘zimizga ishonamiz. Biz qattiq o‘ynashimiz, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak.

Neymarsiz bizga osonroq bo‘ladi. Men uchun u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri”, - dedi gollandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, PSJ – “Barselona” uchrashuvi 10 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!