
"Barselona" prezidenti Valverde masalasini muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Ernesto Valverde "Barselona" bosh murabbiyi lavozimida qolishi so‘roq ostida turibdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klub prezidenti Jozep Mariya Bartomeu yaqin kunlarda rahbariyat ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazmoqchi. Ushbu yig‘ilishda esa aynan Valverde masalasi ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” joriy mavsum Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq, Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasi yarim finallarida imkoniyatni boy berdi. Valverde kataloniyaliklarni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar