
"Barselona" prezidenti jamoani qanday qilib bu "botqoq"dan olib chiqmoqchiligini aytdi
"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi.
“Bu Messisiz o‘tayotgan birinchi yil ekanligini unutmasligimiz kerak. Biz dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan xayrlashdik. Bu oson emas.
Shuning uchun biz “Barsa”ning muhiti va uslubidan yaxshi xabardor Xavini tanladik. Demak, Xavi shogirdlariga ishonadi, chunki uning o‘zi ham akademiyamizni tamomlab, buyuk chempion bo‘lgan birinchi jamoaga qadar etib kelgan. U murabbiy sifatida "Barsa"ning uslubi va falsafasini biladi.
Bu oson ish emas, chunki futbol sizga vaqt bermasligini hammamiz bilamiz. Qisqa muddat ichida biz tajribali futbolchilar bilan yoshlar uyg‘unlashtira olishimiz kerak. Ularning barchasi yuqori darajadagi o‘yinchi bo‘lishi lozim. "Barsa" kabi klublar bosim bilan qanday kurashishni biladi", - dedi Laporta Tuttosport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar