
"Barselona" o‘z futbolchisi bilan shartnomani muddatidan avval bekor qildi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Serxi Samper jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishgan holda yozda yakuniga etadigan shartnomani muddatidan avval bekor qilishgan. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi ertaga “Barselona” futbolchisi sifatida so‘nggi matbuot anjumanida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Samper Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar