"Barselona" o‘z etakchisidan voz kechdi

  • 16 may, 2022, 14:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shteger faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli futbolchiga moliyaviy jihatdan yaxshi taklif tushsa, sotib yuborishga tayyor. U jamoa tarkibidagi eng qimmat o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ter Shtegenning bu yil ko‘rsatgan o‘yinidan unchalik mamnun emas. U tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsum avvalida maydonga tusha olmadi, keyinchalik, eng muhim uchrashuvlarda jamoasini qutqara olmadi.

Mark "Barsa" sharafini 2014 yildan beri himoya qilib keladi. Joriy mavsum u barcha turnirlarda 48 o‘yinda maydonga tushib, 55 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!