
"Barselona" o‘tgan mavsumda qancha daromad qildi?
"Barselona" matbuot xizmati klubning o‘tgan mavsumdagi umumiy daromadini ochiqladi.
Kataloniya klubi ma’lum qilishicha, umumiy daromad 994 mln evroni, sof operatsion foydasi esa 2 mln evroni tashkil etganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, "ko‘k-anorranglilar" "Nike" kompaniyasi bilan homiylik shartnomasidan 259 mln evro oladi.
"Barselona" Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Shuningdek, o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar UEFA Chempionlar Ligasining yarim finaliga qadar etib borgan va u erda turnirning bo‘lajak finalchisi bo‘lgan Italiyaning "Inter" klubiga imkoniyatni boy bergandi.
La Liganing joriy mavsumidagi 8 tur yakunlariga ko‘ra, "Barsa" turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar